Qaysi hipsitni tanlash: Bethbear va Happy Walk
Hipsit — o‘rindiqli kamar. Bola onaning sonida o‘tiradi, og‘irlik qo‘llarga emas, songa tushadi. Oddiy hipsit bola ishonchli o‘tira olganda mos keladi. Qaysi yoshdan va hipsit ergo ryukzakdan nimasi bilan farq qiladi — bu maqolada: xipsit yoki ergo ryukzak.
Taqqoslash
| Model | Narxi | Yoshi | Vazni | Nimasi bilan qulay |
|---|---|---|---|---|
| Bethbear suyanchiqli hipsit | 250 000 so‘m | 6–8 oylikdan 3 yoshgacha | 20 kg gacha | sirpanmaydigan zamsh o‘rindiq, o‘rindiq ostida cho‘ntak, 4 xil taqish usuli |
| Happy Walk (yalpiz, kulrang) | 350 000 so‘m | Telegramda so‘rang | Telegramda so‘rang | yechiladigan suyanchiq va lyamkalar, kamarda katta cho‘ntak, suyanchiqda havo o‘tkazuvchi to‘r |
| Bethbear yotgan holat bilan (3 in 1) | 350 000 / 400 000 so‘m | 1 oylikdan 3 yoshgacha | 20 kg gacha | yotgan holat — eng kichiklar va uyqu uchun; qattiq suyanchiq va boshni ushlash |
Hipsitni qanday to‘g‘ri taqish kerak
- Kamarni belga, kindikdan biroz yuqoriga, mahkam taqing.
- Bolani o‘rindiqqa o‘tqazing: tizzalar son darajasida yoki biroz yuqorida.
- Suyanchiq bo‘lsa — lyamkalarni yelkaga taqing va tortib sozlang.
- Suyanchiqsiz taqqanda bolani doim qo‘l bilan ushlab turing.
- 15–20 daqiqadan boshlang, keyin vaqtni asta-sekin oshiring.
Barcha modellar: hipsitlar bo‘limi.
Ko‘p beriladigan savollar
Suyanchiqli hipsit nima uchun kerak?
Suyanchiq va lyamkalar bolani ushlab turadi va qo‘llarni bo‘shatadi. Suyanchiqsiz bolani qo‘l bilan ushlash kerak.
Hipsitni 1 oylikdan ishlatsa bo‘ladimi?
Oddiy hipsit — yo‘q, bola o‘tira olishi kerak. Bethbear 3 in 1 da yotgan holat bor, u 1 oylikdan mo‘ljallangan.
Hipsitni kiyib ko‘rsa bo‘ladimi?
Ha, Toshkentdagi shou-rumda, har kuni 10:00–19:00.
Yetkazib berish va shou-rum
Toshkent bo‘ylab yetkazib berish tumanga qarab 30 000 dan 60 000 so‘mgacha, odatda to‘lov kuni. Viloyatlarga BTS orqali 48 soatgacha, oldindan to‘lovdan keyin. Naqd pul, karta, Apple Pay va Google Pay.
Shou-rum: Toshkent, Obvodnaya ko‘chasi (Nurafshon), 34A, 2-qavat, mo‘ljal — Weltew Home mebel saloni. Har kuni 10:00–19:00. Telefon: +998 97 702-55-88, Telegram: t.me/mamaloveuz.